Launching

Fitnes klubi uchun ilova yaratish: abonement, yozilish va QR kirish

Launching Apps fitnes klubi uchun ilova quradi: klient abonementni Appda sotib oladi, guruh mashgʻulotiga yoziladi va zalga QR kod bilan kiradi. Trenerlar jadvali, abonement muddati va toʻlovlar bitta admin panel yoki CRMʼda turadi. Odatda 6–8 hafta, oddiy App 15–30 kun.

Biz qurganXeela

Muddat
6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
Toʻlov bosqichma-bosqich
Kod va huquqlar
Sizda

Tizim har bir abonementni kuzatib boradi

Abonement tugadi, klient indamay ketdi, buni hech kim sezmadi

Tizim tugayotgan abonementni va anchadan beri kelmagan klientni koʻrsatadi. Klientga eslatma boradi, uzaytirish Payme yoki Click bilan Appning oʻzida.

Abonement muddati qoʻlda hisoblanadi

Tizim har bir klientning muddati va qolgan tashriflarini oʻzi sanaydi.

Guruh mashgʻuloti goh toʻlib ketadi, goh boʻsh qoladi

Klient joyni Appda oldindan band qiladi, boʻsh joylar soni doim koʻrinib turadi.

Trenerlar jadvali chalkash

Trenerlar, zallar va shaxsiy mashgʻulotlar bitta jadvalda turadi.

Odatiy funksiyalar

  • Abonement sotib olish va uzaytirish
  • Guruh mashgʻulotiga yozilish
  • QR orqali kirish
  • Trenerlar jadvali
  • Shaxsiy mashgʻulotga yozilish
  • Payme va Click bilan toʻlov
  • Push-eslatmalar
  • Anchadan beri kelmagan klientlar roʻyxati
  • Admin panel va klient bazasi (CRM)

Muddat

6–8 haftaOddiy App15–30 kun

Odatda 6–8 hafta. Abonement va yozilishdan iborat oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

  1. 10%Ish boshlanadi
  2. 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
  3. 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  4. 40%Loyiha topshirilganda

Narx nimaga bogʻliq

Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar

  • Payme orqali toʻlov
  • Click orqali toʻlov
  • Telegram: bot, Mini App, xabarlar
  • Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys

Shu yoʻnalishdagi ishlar

  • Xeela

    Fitnes va vazn tashlash: ovqatlanish, mashq va progress bitta Appda

    FitnesGlobal

    iOS · Android

  • OVR Connect

    Sportchi va trenerlar uchun tezlik va sakrash datchiklari Appi

    FitnesGlobal

    iOS · Android

Barcha ishlar

Savollar va javoblar

Barcha savollar

Kirishni QR orqali tekshirsa boʻladimi?

Ha. Klient kirishda Appdagi QR kodni koʻrsatadi, tizim abonement amal qilishini darhol tekshiradi.

Bir nechta filial uchun ishlaydimi?

Ha. Filial, zal va trenerlar bitta admin panelda turadi.

Trenerlar uchun alohida panel boʻladimi?

Ha. Trener oʻz jadvalini, mashgʻulotga yozilganlarni va shaxsiy klientlarini koʻradi.

Fitnes klubi uchun ilova qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Odatda 6–8 haftada. Oddiy App 15–30 kunda chiqadi.

Kim kelmay qolganini koʻra olamanmi?

Ha. Abonementi tugagan yoki anchadan beri kelmagan klientlar roʻyxati CRMʼda turadi, ularga eslatma yuborasiz.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

1/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?