Launching

Toshkentda Telegram bot va Mini App yaratish: buyurtma, yozilish va toʻlov

Launching Apps Toshkentda Biznes uchun Telegram bot va Mini App yaratadi: buyurtma, onlayn yozilish, katalog, toʻlov va xabarlar klient har kuni ochadigan Telegram ichida ishlaydi. Klient hech narsa yuklab olmaydi, buyurtma va klient bazasi esa kompaniyaning oʻz tizimida qoladi.

Hozir quryapmizIKSN Dastyor

Muddat
Hajmga qarab
Toʻlov bosqichma-bosqich
Kod va huquqlar
Sizda

Kimga kerak

  • Zakazlar Telegram orqali keladi, lekin chatda yoʻqolib ketyapti
  • Klient App yuklab olishni xohlamaydi, lekin Telegramʼni har kuni ochadi
  • Klientlarni qoʻlda yozib boryapsiz, ular esa vaqtini esdan chiqaradi
  • Katta Appdan oldin Telegramʼdan boshlamoqchisiz

Nima oʻzgaradi

  • Klient hech narsa yuklab olmaydi: zakaz va toʻlov har kuni ochadigan Telegramʼda.
  • Zakaz chatda yoʻqolmaydi, darhol tizimga tushadi.
  • Bot klientga yozilish vaqtini oʻzi eslatadi.
  • Klient bazasi sizda qoladi: aksiya va yangilikni toʻgʻridan-toʻgʻri yuborasiz.

Nimalar kiradi

Katalog va zakaz

Mini App ichida tovar, savat va zakaz: alohida App kabi, faqat Telegramʼda.

Onlayn yozilish

Klient boʻsh vaqtni tanlaydi, bot eslatma yuboradi, siz jadvalni koʻrib turasiz.

Toʻlov

Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard orqali toʻlovni ulaymiz.

Yetkazib berish

Klient manzilni Yandex Maps orqali belgilaydi, zakaz holati botga keladi.

Xabar va rassilka

Zakaz holati, eslatma va aksiya klientga Telegramʼda yetib boradi.

Admin panel

Tovar, narx, zakaz va klientlarni bir joydan boshqarasiz.

Muddat

Muddat funksiyalar va integratsiyalar soniga bogʻliq. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

  1. 10%Ish boshlanadi
  2. 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
  3. 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  4. 40%Loyiha topshirilganda

Narx nimaga bogʻliq

Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar

  • Telegram: bot, Mini App, xabarlar
  • Payme orqali toʻlov
  • Click orqali toʻlov
  • Uzum orqali toʻlov
  • Humo va Uzcard kartalari
  • Yandex Maps
  • Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys

Bu yoʻnalishdagi ishlarimizni suhbatda, klient ruxsati bilan koʻrsatamiz. Barcha ishlar

Savollar va javoblar

Barcha savollar

Telegram bot va Mini App farqi nima?

Bot chatning oʻzida xabar va tugmalar bilan ishlaydi. Mini App esa Telegram ichida toʻliq ekranda ochiladi, unda katalog, savat va toʻlov boʻladi.

Botda toʻlov qabul qilsa boʻladimi?

Ha. Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard orqali toʻlovni ulaymiz. Toʻlov tizimi bilan shartnomani oʻzingiz tuzasiz, qaysi hujjatlar kerakligini aytib beramiz.

Telegram bot yaratish qancha vaqt oladi?

Vazifaga bogʻliq: bitta funksiyali bot katalog va toʻlovli Mini Appdan ancha sodda. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Keyin App ham qilsa boʻladimi?

Ha. Bot va Mini App ortidagi tizim keyin App va sayt uchun ham ishlaydi, klient bazasi saqlanib qoladi.

Bot kimniki boʻladi?

Sizniki. Bot, kod va klient bazasi sizda qoladi.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

2/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?

Telegram bot yoki Mini App

Qachon boshlamoqchisiz?