Launching

Biznes uchun AI yordamchi va avtomatlashtirish: takroriy ishni AI qiladi

Launching Apps Toshkentda Biznes uchun AI yordamchi va avtomatlashtirish tizimlarini quradi: chat klientlarga javob beradi, hisobot oʻzi tayyor boʻladi, qoʻlda qilinadigan ish tizimga oʻtadi. AI kompaniyaning oʻz narx va qoidalariga qarab javob beradi, murakkab savolni xodimga oʻtkazadi.

Biz qurganDicta

Muddat
Hajmga qarab
Toʻlov bosqichma-bosqich
Kod va huquqlar
Sizda

Kimga kerak

  • Xodimlar kun boʻyi bir xil savollarga javob beradi
  • Hisobotni qoʻlda tayyorlashadi, shuning uchun doim kechikadi
  • Kechqurun yozgan klient ertalabgacha javob kutadi
  • Maʼlumot Excel va chatlar orasida qoʻlda koʻchiriladi

Nima oʻzgaradi

  • Narx, manzil va tovar bor-yoʻqligi haqidagi savollarga AI javob beradi, xodim chalgʻimaydi.
  • Kunlik hisobot oʻzi tayyor boʻladi, hech kim jadval toʻldirib oʻtirmaydi.
  • Maʼlumot bir tizimdan boshqasiga oʻzi oʻtadi, qoʻlda koʻchirilmaydi.
  • Xodimlar takroriy ish oʻrniga klient bilan shugʻullanadi.

Nimalar kiradi

Ishni koʻrib chiqamiz

Qaysi ish eng koʻp vaqt olishini va uni AI yoki tizimga berish mumkinligini birga topamiz.

Klientlar uchun AI yordamchi

Sayt, App yoki Telegramʼda savollarga javob beradi, zakaz va yozilishni qabul qiladi.

Oʻz maʼlumotlaringiz asosida

AI narx, xizmat va qoidalaringizga qarab javob beradi.

Avtomatik hisobot

Savdo, zakaz va xodimlar boʻyicha hisobot oʻzi tayyor boʻladi va Telegramʼga keladi.

Tizimlarni ulash

AIʼni CRM, sayt, App va ichki tizimlaringizga ulaymiz, maʼlumotni hech kim qoʻlda koʻchirmaydi.

Nazorat sizda

AI javoblarini koʻrib turasiz. Murakkab savol boʻlsa, suhbat xodimga oʻtadi.

Muddat

Muddat vazifalar soni va ulanadigan tizimlarga bogʻliq. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

  1. 10%Ish boshlanadi
  2. 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
  3. 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  4. 40%Loyiha topshirilganda

Narx nimaga bogʻliq

Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar

  • Telegram: bot, Mini App, xabarlar
  • Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys

Shu yoʻnalishdagi ishlar

  • Dicta

    Uchrashuvlar uchun AI kotib: App va web platforma

    AIOʻzbekiston

    iOS · Android · Sayt

  • Xeela

    Fitnes va vazn tashlash: ovqatlanish, mashq va progress bitta Appda

    FitnesGlobal

    iOS · Android

  • Revius

    Moliya: xarajatlarni ovoz bilan yozish, kategoriyalar va statistika

    MoliyaGlobal

    iOS

Barcha ishlar

Savollar va javoblar

Barcha savollar

AI yordamchi oʻzbek tilida javob beradimi?

Ha. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida javob bera oladi. Launchʼdan oldin uni oʻz savollaringiz bilan tekshiramiz.

AI notoʻgʻri javob bersa nima boʻladi?

Buni oldindan hisobga olamiz: AI narx va qoidalaringizga qarab javob beradi, aniq bilmagan savolni xodimga oʻtkazadi. Javoblarni koʻrib, sozlab borasiz.

Qaysi ishlarni avtomatlashtirsa boʻladi?

Takrorlanadigan deyarli hamma ishni: klient savollari, zakaz qabul qilish, eslatma, hisobot va tizimlar orasida maʼlumot koʻchirish.

AI xodimlarimning oʻrnini oladimi?

Yoʻq. U takroriy ishni oladi, odamlar esa klient bilan shugʻullanadi.

CRMʼimiz yoʻq. AIʼdan boshlasa boʻladimi?

Ha. Avval kerakli maʼlumotni bir joyga yigʻamiz, keyin AIʼni ulaymiz.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

2/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?

AI yoki avtomatlashtirish

Qachon boshlamoqchisiz?