Launching

Taksi va kuryer ilovasi yaratish: haydovchi va klient oʻz tizimingizda

Launching Apps taksi va kuryer ilovasini uch qismdan quradi: klient Appi, haydovchi yoki kuryer Appi va dispetcher paneli. Buyurtma yaqin turgan boʻsh haydovchiga boradi, narx masofaga qarab hisoblanadi, toʻlov naqd yoki karta bilan. Bosqichma-bosqich ishga tushiramiz: avval ishlaydigan birinchi versiya, aniq muddatni esa loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Biz qurganRayhon Taxi

Muddat
Hajmga qarab
Toʻlov bosqichma-bosqich
Kod va huquqlar
Sizda

Har bir zakaz oʻz tizimingizdan oʻtadi

Agregator har safar ulushini oladi, klient esa baribir sizniki emas

Oʻz Appingizda klient toʻgʻridan-toʻgʻri sizdan zakaz qiladi. Klient bazasi va haydovchilar oʻzingizda qoladi.

Dispetcher zakazlarni qoʻlda taqsimlaydi

Tizim zakazni yaqin turgan boʻsh haydovchiga oʻzi yuboradi. Dispetcher faqat muammoli holatlarni koʻradi.

Haydovchi qayerdaligini hech kim bilmaydi

Hamma mashina va kuryer xaritada koʻrinib turadi.

Narx har safar telefonda kelishiladi, hisob-kitob chalkash

Narx masofa va tarifga qarab oʻzi hisoblanadi. Haydovchining balansi va tushumi admin panelda koʻrinadi.

Odatiy funksiyalar

  • Klient Appi: zakaz va narx
  • Haydovchi yoki kuryer Appi
  • Xarita va marshrut (Yandex Maps)
  • Zakazni avtomatik taqsimlash
  • Mashinalarni xaritada kuzatish
  • Naqd va karta bilan toʻlov
  • Dispetcher paneli
  • Haydovchilar balansi va hisobotlar
  • Push-xabarlar

Muddat

Bosqichma-bosqich ishga tushiramiz: avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin kengaytiramiz. Applar va panel bir vaqtda quriladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

  1. 10%Ish boshlanadi
  2. 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
  3. 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  4. 40%Loyiha topshirilganda

Narx nimaga bogʻliq

Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar

  • Payme orqali toʻlov
  • Click orqali toʻlov
  • Humo va Uzcard kartalari
  • Yandex Maps
  • Telegram: bot, Mini App, xabarlar
  • Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys

Shu yoʻnalishdagi ishlar

  • Rayhon Taxi

    Taksi chaqirish: Nookat va Oʻsh yoʻlovchilari uchun App

    TaksiMDH

    iOS

  • Yetkazib berish · Oʻzbekiston · Maxfiy loyiha

    Oʻzbekistonda posilka yetkazish: klient va haydovchi uchun ikki App

    iOS va Android uchun ikki App qurdik. Klient Appida posilkaning oʻlchami va ogʻirligi, manzillar, narxni hisoblash, ID boʻyicha kuzatish va statuslari bilan tarix bor. Haydovchi Appida narxi koʻrsatilgan buyurtmalar lentasi, olib ketishgacha taymer, posilkani skaner bilan topish, naqd toʻlovni tasdiqlash va daromad boʻlimi bor.

    • Klient uchun: posilka joʻnatish va kuzatish
    • Haydovchi uchun: buyurtma olish va yetkazish
    • iOS · Android
  • Taksi · Oʻzbekiston · Maxfiy loyiha

    Oʻzbekistonda shaharlararo taksi: yoʻlovchi va haydovchi bitta Appda

    iOS va Android uchun bitta App qurdik: yoʻlovchi safar, posilka yoki yuk uchun buyurtma beradi, haydovchi mashinasini qoʻshib, reys eʼlon qiladi va har bir oʻrindiqqa narx qoʻyadi. Narx takliflar orqali kelishiladi; safarni kuzatish, chat va qoʻngʻiroq bor, safardan keyin baho va fikr qoldiriladi.

    • Yoʻlovchi va haydovchi uchun bitta App
    • iOS · Android

Barcha ishlar

Savollar va javoblar

Barcha savollar

Haydovchilar uchun alohida App kerakmi?

Ha. Klient Appi va haydovchi Appi alohida boʻladi, ikkalasi bitta tizim va dispetcher paneliga ulanadi.

Qaysi xarita ishlatiladi?

Yandex Maps: manzil qidirish, marshrut va mashinani xaritada koʻrsatish.

Yuk tashish yoki kuryer xizmatiga ham mos keladimi?

Ha. Taksi, kuryer va yuk tashishda asos bir xil: zakaz, haydovchi yoki kuryer, xarita va hisob-kitob.

Taksi ilovasi qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Bosqichma-bosqich: avval ishlaydigan birinchi versiya chiqadi, keyin yangi funksiyalar qoʻshamiz. Muddat birinchi versiyaga nima kirishiga bogʻliq, uni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Agregatorsiz ishlash uchun nima kerak?

Uchta narsa: klient Appi, haydovchi Appi va dispetcher paneli. Ularni biz quramiz, klient va haydovchilarni esa oʻz brendingiz bilan siz yigʻasiz.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

1/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?