Launching

Mobil ilova yaratish boʻyicha savollar va javoblar

Mobil ilova yaratish haqida klientlar Launching Appsʼdan eng koʻp soʻraydigan savollar shu yerda: muddat, narx, toʻlov, kod va huquqlar, Storeʼga chiqarish va Launchʼdan keyingi ish.

Narx va toʻlov

Mobil ilova yaratish narxi qancha?

Loyihalar $2 500 dan boshlanadi. Aniq narx hajmga bogʻliq: platformalar, ekranlar, integratsiyalar va admin panel. Uni muddat bilan birga bepul konsultatsiyada aytamiz.

Mobil ilova uchun toʻlov qanday boʻladi?

10% bilan ish boshlanadi, 20% dizaynni koʻrsatganimizda, 30% ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda va 40% loyiha topshirilganda.

Natija yoqmasa nima boʻladi?

Har bosqich natijasini keyingi toʻlovdan oldin koʻrasiz. Aytgan oʻzgarishlaringizni dizayn bosqichida qilib beramiz, kodga va keyingi 20%ga faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin oʻtamiz.

Kichikdan boshlasa boʻladimi?

Ha. Birinchi versiyaga faqat eng kerakli vazifani olamiz: bunday oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Qolganini natijaga qarab qoʻshamiz.

Jarayon va muddat

Mobil ilova yaratish qancha vaqt oladi?

Odatda 6–8 hafta. Bitta asosiy vazifani bajaradigan oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish kabi katta platformani bosqichma-bosqich chiqaramiz: avval ishlaydigan birinchi versiya, keyin qolgani. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Mobil ilova yaratish qanday bosqichlardan oʻtadi?

5 bosqich: Gʻoya, Reja, Dizayn, Kod, Launch. Har birida natijani koʻrasiz va loyihangizni quradigan jamoa bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashasiz.

Menga texnik topshiriq (TZ) kerakmi?

Yoʻq. Gʻoyangizni oʻz soʻzlaringiz bilan aytsangiz yetarli. Funksiyalar roʻyxatini birinchi bosqichda birga tuzamiz.

Texnik bilimim yoʻq. Muammo boʻlmaydimi?

Yoʻq. Siz Biznesingiz haqida oʻz soʻzlaringiz bilan gapirasiz, texnik tomoni bizda.

MVPʼdan boshlasa boʻladimi?

Ha. Avval eng kerakli funksiyalarni chiqaramiz, gʻoyani haqiqiy klientlarda sinab koʻramiz, keyin natijaga qarab kengaytiramiz.

Kod, shartnoma, NDA

Loyiha tugagandan keyin kod kimniki boʻladi?

Sizniki. Kod va huquqlar loyiha topshirilganda sizga oʻtadi.

Shartnoma bilan ishlaysizlarmi?

Ha. Ish boshlashdan oldin shartnoma tuzamiz: unda ish hajmi, narx, muddat, toʻlov bosqichlari va kod sizga oʻtishi yoziladi. Imzolashdan oldin oʻqib chiqasiz.

Gʻoyam oramizda qoladimi?

Ha, oramizda qoladi. Xohlasangiz, NDA imzolaymiz. Loyihangizni faqat ruxsatingiz bilan koʻrsatamiz.

Texnik savollar

iOS va Android uchun App bir yoʻla qilinadimi?

Ha. Odatda ikkala platformani bitta loyihada quramiz, App Store va Google Playʼga birga chiqaramiz.

Appga Payme, Click yoki Uzum ulasa boʻladimi?

Ha. Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard orqali toʻlovni Appga ham, saytga ham ulaymiz. Toʻlov tizimi bilan shartnomani oʻzingiz tuzasiz, qaysi hujjatlar kerakligini biz aytamiz.

App oʻzbek va rus tilida boʻladimi?

Ha. Interfeysni oʻzbek va rus tilida qilamiz, kerak boʻlsa ingliz tilida ham. Klient tilni oʻzi tanlaydi.

Appdagi narx va menyuni oʻzim oʻzgartira olamanmi?

Ha. Narx, menyu, aksiya va zakazlarni admin paneldan oʻzingiz boshqarasiz, buning uchun bizga yozish shart emas.

Appni App Store va Google Playʼga oʻzlaringiz chiqarasizlarmi?

Ha. App sahifasi, skrinshotlar va Store tekshiruvi bizda. App Store va Google Play akkauntlarini ochishga ham yordam beramiz.

Launchʼdan keyin

Launchʼdan keyin support bormi?

Ha. Xatolarni tuzatamiz, Appni iOS va Androidning yangi versiyalariga moslaymiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz. Support shartlarini loyiha boshida kelishib olamiz.

App menga klient olib keladimi?

App kelgan klientni ushlab qoladi: tez zakaz, bonus, eslatma. Yangi klientni esa Instagram, reklama va kassadagi QR kod orqali Appga olib kelasiz.

Chet eldagi klientlar bilan ishlaysizlarmi?

Ha. Oʻzbekiston boʻylab va chet elda onlayn ishlaymiz: oʻzbek, rus va ingliz tilida.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

1/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?