Toshkentda CRM tizimi yaratish: klient, buyurtma, ombor va savdo bir joyda
Launching Apps Toshkentda Biznes uchun CRM tizimi yaratadi: klient, buyurtma, ombor va savdo bir joyda, admin panel va xodimlar uchun App bilan. Tizim kompaniya qanday ishlasa, shunga moslab quriladi. Klient bazasi menejerning telefonida emas, kompaniyada qoladi.
Biz qurganMagicSeed
- Muddat
- Hajmga qarab
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Kimga kerak
- Zakazlar Excel, daftar va chatlarda yuradi
- Menejer ketsa, klientlar ham u bilan ketishidan xavotirdasiz
- Ombor, filial va kassada nima boʻlayotganini bilish uchun har kuni hammaga qoʻngʻiroq qilasiz
- Tayyor CRM oldingiz, lekin ishingizga toʻgʻri kelmadi
Nima oʻzgaradi
- Menejer ketsa ham klient bazasi, zakazlar tarixi va kelishuvlar kompaniyada qoladi.
- Savdo va omborni qoʻngʻiroqsiz, telefoningizdan koʻrasiz.
- Zayavka yoʻqolmaydi: har birining masʼuli va muddati bor.
- Kim qancha sotgani va qaysi tovar tugayotgani har kuni koʻrinib turadi.
Nimalar kiradi
Ish jarayoni
Zayavka kelganidan pul tushguncha har bir qadamni yozib chiqamiz va tizimni shunga qarab quramiz.
Klient bazasi
Har bir klientning tarixi, zakazlari, qoʻngʻiroqlari va eslatmalari bitta kartochkada.
Zakaz va ombor
Zakaz holati, qoldiq, kirim-chiqim va filiallar orasida tovar koʻchirish.
Rollar va ruxsatlar
Har bir xodim faqat oʻz boʻlimini koʻradi, siz esa hammasini.
Hisobotlar
Savdo, xodim va tovar boʻyicha hisobot har kuni oʻzi yangilanadi.
Integratsiyalar
Payme va Click, Telegram xabarlari, sayt, App, kassa yoki hisob tizimiga ulaymiz.
Xodimlar uchun App
Kuryer, agent yoki menejer telefondan ishlaydi, maʼlumot darhol tizimga tushadi.
Muddat
Muddat boʻlimlar soni, integratsiyalar va eski maʼlumot hajmiga bogʻliq. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Tayyor CRM oʻrniga oʻzimizniki nega kerak?
Oʻz CRMʼingiz Biznesingiz qanday ishlasa, shunday ishlaydi: ortiqcha boʻlim yoʻq, kerakli hisobot bor. Kod va baza ham sizda qoladi.
Eski maʼlumotlarni koʻchirsa boʻladimi?
Ha. Klient, tovar va zakazlarni Excelʼdan yoki eski tizimdan yangi CRMʼga koʻchiramiz.
Xodimlar telefondan ishlay oladimi?
Ha. CRMʼning web versiyasidan tashqari xodimlar uchun iOS va Android App ham quramiz.
Menejer klient bazasini olib keta oladimi?
Ruxsatingizsiz bazani yuklab ololmaydi: har bir xodim faqat oʻz boʻlimini koʻradi, yuklab olish huquqi esa sizda qoladi.
CRM tizimi yaratish qancha vaqt oladi?
Hajmga bogʻliq. Bitta boʻlimdan boshlab, keyin qolganlarini bosqichma-bosqich ulash ham mumkin. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.


