Klinika uchun ilova yaratish: yozilish, eslatma va natija telefonda
Launching Apps klinika uchun ilova quradi: bemor shifokor va boʻsh vaqtni oʻzi tanlaydi, qabuldan oldin eslatma oladi va tahlil natijasini telefonida koʻradi. Jadval, navbat va bemorlar bazasi bitta admin panel yoki CRMʼda yuradi. Odatda 6–8 hafta, faqat onlayn yozilish uchun oddiy App 15–30 kun.
Hozir quryapmizVitolo
- Muddat
- 6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Endi birorta yozilish yoʻqolmaydi
Bemor yozilgan edi, kelmadi. Shifokorning vaqti bekorga ketdi
Qabuldan oldin push yoki Telegram orqali eslatma boradi. Bemor tasdiqlaydi yoki oʻzi boshqa vaqtga oʻtkazadi, boʻshagan joy yana jadvalda chiqadi.
Qabulxona telefoni doim band
Bemor boʻsh vaqtni Appda koʻrib, oʻzi yoziladi. Administrator qoʻngʻiroq bilan emas, kelgan bemor bilan shugʻullanadi.
Natija uchun bemor yana kelishi kerak
Tahlil tayyor boʻlishi bilan natija bemorning Appiga tushadi va push-xabar keladi.
Bemorlar tarixi daftar va Excelʼda
Har bir bemorning qabullari va hujjatlari CRMʼda bir joyda turadi. Shifokor ochadi va hammasini koʻradi.
Odatiy funksiyalar
- Shifokorlar va xizmatlar roʻyxati
- Boʻsh vaqtga onlayn yozilish
- Qabul haqida eslatma
- Tahlil natijasi telefonda
- Payme va Click bilan toʻlov
- OneID orqali kirish
- Navbat boshqaruvi
- Admin panel va bemorlar bazasi (CRM)
- Telegram orqali yozilish
Muddat
6–8 haftaOddiy App15–30 kun
Odatda 6–8 hafta. Faqat onlayn yozilish va eslatmalar uchun oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- OneID orqali kirish
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Bu yoʻnalishdagi ishlarimizni suhbatda, klient ruxsati bilan koʻrsatamiz. Barcha ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Bir nechta filial va shifokor uchun ishlaydimi?
Ha. Filial, shifokor va kabinetlar jadvali bitta admin panelda turadi.
Laboratoriya natijalarini Appga yuborsa boʻladimi?
Ha. Natija tayyor boʻlganda bemorning Appiga tushadi, bu haqda push-xabar keladi.
Dorixona uchun ham App qilasizlarmi?
Ha. Dorixona Appida katalog, dori borligini koʻrish, band qilish va yetkazib berish boʻladi.
Klinika uchun ilova qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Odatda 6–8 haftada. Faqat onlayn yozilish uchun oddiy App 15–30 kunda chiqadi.
Bemorlar maʼlumoti kimda qoladi?
Klinikada. Bemorlar bazasi sizniki, kod va huquqlarni ham sizga topshiramiz, xohlasangiz NDA imzolaymiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.


