Launching Apps: Toshkentda mobil ilova quradigan jamoa
Biznes uchun iOS va Android App, sayt, CRM, AI yordamchi va Telegram bot quramiz: oddiy Appdan tortib marketpleys, taksi va yetkazib berish platformalarigacha. Appni App Store va Google Playʼga chiqaramiz. Odatiy muddat 6–8 hafta, toʻlov bosqichma-bosqich, kod va huquqlar sizga oʻtadi. Oʻzbekiston boʻylab va chet elda onlayn ishlaymiz.
- 30+loyihani gʻoyadan Launchʼgacha olib chiqqanmiz
- 20+loyihaning aniq bir qismini qurganmiz: integratsiya, backend yoki mobil qism
Kim bilan ishlaymiz
- Ishi chat, qoʻngʻiroq va Excelʼda yurgan Biznes egalari
- Gʻoyasi bor, lekin qayerdan boshlashni bilmaydiganlar
- Oldingi jamoasi ishni oxiriga yetkazmaganlar
- Appi bor, lekin Biznesiga foydasi tegmayotganlar
- Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish xizmatini ochmoqchi boʻlganlar
Qanday ishlaymiz
Biznes tilida gaplashamiz.
Sizdan texnik bilim kutmaymiz: zakaz, klient, vaqt va pul haqida gaplashamiz. Texnik tomoni bizda.
Oʻrtada vositachi yoʻq.
Loyihangizni quradigan jamoa bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashasiz.
Boshqaruv qoʻlingizda.
Narx, katalog, aksiya va zakazlarni admin paneldan oʻzingiz boshqarasiz.
Launchʼdan keyin ham yoningizdamiz.
Xatolarni tuzatamiz, Appni iOS va Androidning yangi versiyalariga moslaymiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz. Shartlarini loyiha boshida kelishib olamiz.
5 bosqich. Har birida natijani koʻrasiz
Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi. Keyingi har bir toʻlovni biz bajarilgan ishni koʻrsatganimizdan keyin qilasiz.
- 1
Gʻoya
Biznesingiz qanday ishlashini, zakaz va klient qayerdan kelishini soʻraymiz. Birinchi versiyaga nima kirishini birga tanlaymiz.
- Natija
- Funksiyalar roʻyxati, aniq muddat va narx
- Toʻlov
- 10%, ish shu bilan boshlanadi
- 2
Reja
Har bir ekran qanday ishlashini va nima qachon tayyor boʻlishini rejalashtiramiz.
- Natija
- Ekranlar xaritasi va ish rejasi
- 3
Dizayn
Har bir ekranni chizamiz. Kod yozilishidan oldin koʻrasiz va tasdiqlaysiz.
- Natija
- Barcha ekranlar dizayni
- Toʻlov
- 20% dizaynni koʻrsatganimizda
- 4
Kod
Appni quramiz. Ish qanday ketayotganini koʻrib turasiz.
- Natija
- Ishlaydigan versiya
- Toʻlov
- 30% ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 5
Launch
App Store, Google Play yoki webga chiqaramiz. Kod va huquqlarni sizga topshiramiz.
- Natija
- Tayyor product, kod va huquqlar
- Toʻlov
- 40% loyiha topshirilganda
Oʻzbekistonga moslab quramiz
Mahalliy toʻlovlar
Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard orqali toʻlovni Appga va saytga ulaymiz.
OneID
OneID orqali kirishni ulaymiz: alohida parol kerak emas.
Uch til
Interfeys oʻzbek, rus va ingliz tilida. Klient tilni oʻzi tanlaydi.
Telegram
Klientlaringiz har kuni Telegramʼda. Bot, Mini App va xabarlarni tizimingizga ulaymiz.
Instagramʼda bizga obuna boʻling
- @launching.appsApp gʻoyalari va katta servislar qanday ishlashi Obuna boʻlish
- @ulugbek.buildsIT, AI va Biznes haqida ochiq gaplar Obuna boʻlish
Qayerda ishlaymiz Toshkentdamiz. Oʻzbekiston boʻylab va chet elda onlayn ishlaymiz.
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.