Toshkentda UI/UX dizayn va product strategiya: App va sayt uchun
Launching Apps Toshkentda App va sayt uchun UI/UX dizayn va product strategiya qiladi: klient buyurtmagacha qanday borishi, har bir ekran, dizayn tizimi va kerak boʻlsa bosib koʻrsa boʻladigan prototip. Kod faqat siz dizaynni koʻrib tasdiqlagandan keyin yoziladi.
Biz qurganForento
- Muddat
- Hajmga qarab
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Kimga kerak
- Productni kod yozilishidan oldin koʻrmoqchisiz
- Klientlar Appingizda adashib, zakazgacha yetmay chiqib ketyapti
- App yoki saytingiz eskirib qolgan
- Sherik yoki investorga nima qurayotganingizni koʻrsatishingiz kerak
Nima oʻzgaradi
- Har bir ekranni kod yozilishidan oldin koʻrasiz va tasdiqlaysiz.
- Keraksiz funksiyaga vaqt va pul ketmaydi: birinchi versiyaga faqat kerakli narsa kiradi.
- Oʻzgartirish kod yozilgandan keyin emas, dizayn bosqichida qilinadi.
- Klient zakazgacha ortiqcha qadam bosmaydi: hammasi oldindan oʻylangan.
Nimalar kiradi
Product strategiya
Productni kim ishlatishini, qaysi funksiya eng tez foyda berishini va birinchi versiyaga nima kirishini aniqlab olamiz.
Zakazgacha qadamlar
Klient Appni ochganidan zakaz berguncha har bir qadamni chizib chiqamiz.
Ekranlar sxemasi
Avval rangsiz sxema: mantiq ishlasa, keyin chiroyga oʻtamiz.
Vizual dizayn
Har bir ekran brendingiz uslubida, telefon va kompyuter uchun.
Prototip
Kerak boʻlsa, ekranlarni bosib koʻrsa boʻladigan qilamiz: telefoningizda tayyor App kabi ochiladi.
Dizayn tizimi
Tugma, shrift va ranglar bitta tizimda, shuning uchun keyingi ekranlar ham bir xil uslubda chiqadi.
Uch tilda tekshiruv
Oʻzbek, rus va ingliz matnlari ekranga sigʻishini oldindan tekshiramiz, uzun soʻz dizaynni buzmaydi.
Muddat
Loyiha odatda 6–8 hafta davom etadi va reja bilan dizayndan boshlanadi. Har bosqich natijasini koʻrib tasdiqlaysiz. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Dizaynni kod yozilishidan oldin koʻra olamanmi?
Ha. Har bir ekranni koʻrasiz va tasdiqlaysiz, kod shundan keyin yoziladi.
Product strategiya nega kerak?
Keraksiz funksiyaga vaqt va pul ketmasligi uchun. Birinchi versiyaga Biznesingiz uchun eng kerakli narsalar kiradi.
Dizaynni oʻzgartirishni soʻrasam boʻladimi?
Ha. Aytgan oʻzgarishlaringizni dizayn bosqichida qilib beramiz, kodga faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin oʻtamiz.
Dizayn uch tilga moslanganmi?
Ha. Ekranlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida tekshiramiz, chunki bitta matn har tilda har xil uzunlikda boʻladi.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.








