Launching

Launching Apps mobil ilova, sayt, CRM va AI yordamchi quradi: kafe Appidan tortib marketpleys, taksi va yetkazib berish platformalarigacha. Odatiy loyiha 6–8 haftada tayyor boʻladi.

Shartnoma bilanKod va huquqlar sizda

3 ta savol, keyin raqamingiz yoki TelegramGʻoyangiz oramizda qoladi.

Biz qurgan
AvinoKoʻchmas mulk: sotish, sotib olish va ijara uchun App va sayt
Platforma
iOS · Android · Sayt
Funksiyalar
  • Xaritada qidiruv
  • Narx boʻyicha filtr
  • Egasi bilan chat
Odatiy muddat
6–8haftaAniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi. Keyingi toʻlovlar ishni koʻrsatganimizdan keyin.

Launchʼdan keyin ham jamoangiz boʻlib qolamiz.

Telegram bot va Mini App ham quramiz. Oʻzbekiston boʻylab va chet elda onlayn ishlaymiz.

Qaysi biri sizga tanish?

Texnologiyadan emas, vaziyatingizdan boshlaymiz.

«Zakazlar chat va qoʻngʻiroqlarda yoʻqolib qolyapti.»

Zakaz Appdan, saytdan yoki botdan darhol tizimga tushadi. Kim, qachon va nima zakaz qilgani doim koʻrinib turadi.

  • App
  • Sayt
  • Telegram bot
Gaplashamiz
«Klient bir marta keladi-yu, qaytmaydi.»

Oʻz Appingizda bonus, eslatma va push-xabar bor. Klient bilan aloqa agregatorda emas, sizda qoladi.

  • App
  • Bonus
  • Push-xabar
Gaplashamiz
«Menejer ketsa, klientlar ham u bilan ketadi.»

Klient bazasi, zakazlar tarixi va kelishuvlar CRMʼda qoladi, xodimning telefonida emas.

  • CRM
  • Klient bazasi
  • Zakazlar tarixi
Gaplashamiz
«Gʻoyam bor, lekin qayerdan boshlashni bilmayman.»

Avval eng kerakli bitta funksiyani chiqaramiz: bunday oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Keyin natijaga qarab kengaytiramiz.

  • MVP
  • Oddiy App
  • Strategiya
Gaplashamiz
«Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish xizmatini ochmoqchiman.»

Klient, haydovchi yoki kuryer va sotuvchi uchun alohida App quramiz, hammasi bitta server va admin panelga ulanadi. Avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin bosqichma-bosqich kengaytiramiz.

  • Bir nechta App
  • Admin panel
  • Toʻlov va xarita
Gaplashamiz
«Xodimlar kun boʻyi bir xil ishni qoʻlda qiladi.»

Hisobot tayyorlash, javob berish, eslatish va maʼlumot koʻchirishni tizim yoki AI qiladi. Xodimlar esa klient bilan shugʻullanadi.

  • AI
  • Avtomatlashtirish
  • Hisobotlar
Gaplashamiz
«Appim bor, lekin Biznesimga foydasi tegmayapti.»

Avval sababini topamiz: dizayn, tezlik yoki funksiyalar. Keyin tuzatamiz va yangilaymiz.

  • Audit
  • Dizayn
  • Yangilanishlar
Gaplashamiz
«Oldingi jamoa ishni oxiriga yetkazmadi.»

Kodni koʻrib chiqamiz, qanday ahvolda ekanini ochiq aytamiz va oxiriga yetkazish rejasini beramiz.

  • Kod auditi
  • Reja
  • Launch
Gaplashamiz

Biz qurgan Applar

Oʻzbekiston, MDH va global bozor uchun, jumladan AQSh. Ikonkani bosing, loyiha ochiladi.

Yana 3 ta loyiha NDA ostida

Barcha ishlar

Barcha ishlar

Biz qurgan hamma narsa sizniki

Kod, huquqlar va klient bazasi sizda qoladi. Shartnoma bilan ishlaymiz, xohlasangiz NDA ham imzolaymiz.

Boshqa NDA loyihalarni suhbatda, klient ruxsati bilan koʻrsatamiz.

NDA ishlarni Telegramʼda soʻrang

5 bosqich. Har birida natijani koʻrasiz

Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi. Keyingi har bir toʻlovni biz bajarilgan ishni koʻrsatganimizdan keyin qilasiz.

  1. 01

    Gʻoya

    Biznesingiz qanday ishlashini, zakaz va klient qayerdan kelishini soʻraymiz. Birinchi versiyaga nima kirishini birga tanlaymiz.

    Natija
    Funksiyalar roʻyxati, aniq muddat va narx
    Toʻlov
    10%, ish shu bilan boshlanadi
  2. 02

    Reja

    Har bir ekran qanday ishlashini va nima qachon tayyor boʻlishini rejalashtiramiz.

    Natija
    Ekranlar xaritasi va ish rejasi
  3. 03

    Dizayn

    Har bir ekranni chizamiz. Kod yozilishidan oldin koʻrasiz va tasdiqlaysiz.

    Natija
    Barcha ekranlar dizayni
    Toʻlov
    20% dizaynni koʻrsatganimizda
  4. 04

    Kod

    Appni quramiz. Ish qanday ketayotganini koʻrib turasiz.

    Natija
    Ishlaydigan versiya
    Toʻlov
    30% ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  5. 05

    Launch

    App Store, Google Play yoki webga chiqaramiz. Kod va huquqlarni sizga topshiramiz.

    Natija
    Tayyor product, kod va huquqlar
    Toʻlov
    40% loyiha topshirilganda

Qanday ishlaymiz

  • Biznes tilida gaplashamiz.

    Sizdan texnik bilim kutmaymiz: zakaz, klient, vaqt va pul haqida gaplashamiz. Texnik tomoni bizda.

  • Oʻrtada vositachi yoʻq.

    Loyihangizni quradigan jamoa bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashasiz.

  • Boshqaruv qoʻlingizda.

    Narx, katalog, aksiya va zakazlarni admin paneldan oʻzingiz boshqarasiz.

  • Launchʼdan keyin ham yoningizdamiz.

    Xatolarni tuzatamiz, Appni iOS va Androidning yangi versiyalariga moslaymiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz. Shartlarini loyiha boshida kelishib olamiz.

Sohangiz uchun

Restoran, klinika va doʻkonda ish har xil yuradi. Har bir soha sahifasida odatiy funksiyalar, integratsiyalar va muddatlar bor.

Koʻp soʻraladigan savollar

Barcha savollarNarx nimaga bogʻliq

Qancha vaqt ketadi?

Odatda 6–8 hafta. Bitta asosiy vazifani bajaradigan oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish kabi katta platformani bosqichma-bosqich chiqaramiz: avval ishlaydigan birinchi versiya, keyin qolgani. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Narxi qancha?

Loyihalar $2 500 dan boshlanadi. Aniq narx hajmga bogʻliq: platformalar, ekranlar, integratsiyalar va admin panel. Uni muddat bilan birga bepul konsultatsiyada aytamiz.

Texnik bilimim yoʻq. Muammo boʻlmaydimi?

Yoʻq. Siz Biznesingiz haqida oʻz soʻzlaringiz bilan gapirasiz, texnik tomoni bizda.

App menga klient olib keladimi?

App kelgan klientni ushlab qoladi: tez zakaz, bonus, eslatma. Yangi klientni esa Instagram, reklama va kassadagi QR kod orqali Appga olib kelasiz.

Natija yoqmasa nima boʻladi?

Har bosqich natijasini keyingi toʻlovdan oldin koʻrasiz. Aytgan oʻzgarishlaringizni dizayn bosqichida qilib beramiz, kodga va keyingi 20%ga faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin oʻtamiz.

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

1/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?