Launching

Internet-doʻkon ilovasi yaratish: katalog, buyurtma va klient bazasi

Launching Apps internet-doʻkon ilovasi va saytini quradi: klient katalogdan tanlaydi, savatga soladi, onlayn toʻlaydi va buyurtmasini Appda koʻradi. Tovar, narx va qoldiq bitta admin panelda turadi, kassa yoki hisob tizimiga ulanadi. Odatda 6–8 hafta, katalog va buyurtmadan iborat oddiy App 15–30 kun.

Hozir quryapmizBirinchiqoʻl

Muddat
6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
Toʻlov bosqichma-bosqich
Kod va huquqlar
Sizda

Endi birorta zakaz yoʻqolmaydi

Klient Instagramʼda narx soʻraydi, javob kechikadi, zakaz boshqaga ketadi

Narx, rasm va qoldiq Appda doim koʻrinib turadi. Klient hech kimni kutmay oʻzi tanlaydi va zakaz beradi.

Tovar saytda bor, omborda yoʻq

Admin panel kassa yoki hisob tizimiga ulanadi. Qoldiq va narx hamma joyda bir xil boʻladi.

Savatga soladi-yu, toʻlamay chiqib ketadi

Payme, Click yoki Uzum bilan bir-ikki bosishda toʻlaydi. Savatda qolgan tovar haqida push-eslatma boradi.

Marketpleysdagi klient sizniki emas

Oʻz Appingizda uning raqami va xaridlari tarixi sizda qoladi. Yangi tovar va chegirmani push-xabar bilan oʻzingiz yuborasiz.

Odatiy funksiyalar

  • Katalog va qidiruv
  • Tovar sahifasi: rasm, narx, oʻlcham
  • Savat va zakaz
  • Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard bilan toʻlov
  • Yetkazib berish yoki olib ketish
  • Zakaz holati push-xabarda
  • Bonus va promokodlar
  • Admin panel: tovar, qoldiq, zakaz
  • Kassa yoki hisob tizimiga ulanish

Muddat

6–8 haftaOddiy App15–30 kun

Odatda 6–8 hafta. Katalog va zakazdan iborat oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Toʻlov bosqichma-bosqich

  1. 10%Ish boshlanadi
  2. 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
  3. 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
  4. 40%Loyiha topshirilganda

Narx nimaga bogʻliq

Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar

  • Payme orqali toʻlov
  • Click orqali toʻlov
  • Uzum orqali toʻlov
  • Humo va Uzcard kartalari
  • Telegram: bot, Mini App, xabarlar
  • Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys

Bu yoʻnalishdagi ishlarimizni suhbatda, klient ruxsati bilan koʻrsatamiz. Barcha ishlar

Savollar va javoblar

Barcha savollar

Doʻkonga App kerakmi yoki sayt?

Koʻpincha ikkalasi ham. Sayt Googleʼda qidirayotgan yangi klientga chiqadi, App esa doimiy klientni ushlab qoladi. Ikkalasi bitta admin panelda ishlaydi.

Tovarlar bazasini qanday koʻchiramiz?

Faylingizdan yoki hisob tizimingizdan. Tovar, narx va qoldiqni oʻzimiz yuklaymiz, qoʻlda kiritish shart emas.

Qaysi toʻlov tizimlarini ulaysizlar?

Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcardni. Shartnomani oʻzingiz tuzasiz, qaysi hujjatlar kerakligini aytib beramiz.

Internet-doʻkon ilovasi qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Odatda 6–8 haftada. Katalog va zakazdan iborat oddiy App 15–30 kunda chiqadi.

Marketpleysda sotyapman. Oʻz Appim kerakmi?

Ha, doimiy klientlaringiz boʻlsa. Marketpleysda sotishda davom etasiz, takroriy xarid esa oʻz Appingizga oʻtadi.

Koʻp sotuvchili oʻz marketpleysimni ochmoqchiman. Buni ham qurasizlarmi?

Ha. Xaridor va sotuvchi uchun alohida App, umumiy server, admin panel va toʻlov boʻladi. Avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin kengaytiramiz. Muddatini loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.

Yangilangan:

Nimadan boshlaymiz?

3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.

Launching Apps

Toʻgʻridan-toʻgʻri jamoaga yozmoqchimisiz?

1/3

Assalomu alaykum! 3 ta qisqa savolga javob berasiz, keyin raqam yoki Telegram qoldirasiz. Jamoamiz oʻzi bogʻlanadi.

Sizga nima kerak?