Mobil ilova yaratish narxi: nimaga bogʻliq
Launching Appsʼda mobil ilova yaratish $2 500 dan boshlanadi, aniq narx esa loyiha hajmiga bogʻliq: platformalar, ekranlar, integratsiyalar va admin panel. Aniq narx va muddatni bepul konsultatsiyada aytamiz. Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi, keyingi har bir toʻlov esa ishni koʻrsatganimizdan keyin.
Loyiha narxi
$2 500 dan
Narx hajmga bogʻliq. Aniq narx va muddatni bepul konsultatsiyada aytamiz.
- Bepul konsultatsiya: aniq narx va muddat
- Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi
- Keyingi toʻlov faqat ishni koʻrsatganimizdan keyin
3 ta savol. Keyin bepul konsultatsiyada aniq narx va muddatni aytamiz.
Loyiha turlari va muddatlar
Kichikdan boshlamoqchimisiz? Oddiy App yoki MVPʼni tanlang: avval bitta vazifa ishlaydi, keyin kengaytiramiz.
Oddiy App
15–30 kun
Bitta asosiy vazifa. Gʻoyani tez ishga tushirish uchun.
MVP
bitta vazifa: 15–30 kun bir nechta funksiya: 6–8 hafta
Gʻoyani katta xarajatdan oldin haqiqiy klientlarda sinab koʻrish uchun birinchi versiya.
Toʻliq product
odatda 6–8 hafta
iOS va Android App, backend, admin panel va integratsiyalar. App Store va Google Playʼga ham chiqaramiz.
Katta platforma
bosqichma-bosqich
Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish: klient, haydovchi yoki kuryer va sotuvchi uchun alohida App, umumiy server va admin panel. Avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin kengaytiramiz. Muddatini loyihani koʻrib chiqqach aytamiz.
Support va yangilanishlar
Launchʼdan keyin
Xatolarni tuzatamiz, Appni iOS va Androidning yangi versiyalariga moslaymiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz. Shartlarini loyiha boshida kelishib olamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
Ish 10% toʻlovdan keyin boshlanadi. Keyingi har bir toʻlovni faqat biz bajarilgan ishni koʻrsatganimizdan keyin qilasiz.
Misol uchun, $2 500 lik loyihada
- 10%Ish boshlanadi$250
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda$500
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda$750
- 40%Loyiha topshirilganda$1 000
Narxga nimalar taʼsir qiladi
Platformalar
Faqat iOS, faqat Android yoki ikkalasi. Kerak boʻlsa web versiya ham.
Ekranlar va funksiyalar
Appda nechta ekran va nechta asosiy vazifa boʻladi: katalog, zakaz, yozilish, chat. Katta platformada nechta App kerakligi ham muhim: klient, haydovchi yoki kuryer va sotuvchi uchun.
Dizayn
Har bir ekranni Biznesingizga qarab noldan chizamiz. Ekran koʻpaygan sari ish ham koʻpayadi.
Backend va admin panel
Zakaz, klient va statistikani boshqaradigan server qismi va panel.
Integratsiyalar
Payme, Click, Uzum, OneID, xaritalar, kassa yoki hisob tizimi.
AI va avtomatlashtirish
Klientlarga javob beradigan AI yordamchi, oʻzi tayyor boʻladigan hisobotlar, takroriy ishni tizimga berish.
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Mobil ilova yaratish narxi qancha?
Loyihalar $2 500 dan boshlanadi. Aniq narx hajmga bogʻliq: platformalar, ekranlar, integratsiyalar va admin panel. Uni muddat bilan birga bepul konsultatsiyada aytamiz.
Mobil ilova uchun toʻlov qanday boʻladi?
10% bilan ish boshlanadi, 20% dizaynni koʻrsatganimizda, 30% ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda va 40% loyiha topshirilganda.
Natija yoqmasa nima boʻladi?
Har bosqich natijasini keyingi toʻlovdan oldin koʻrasiz. Aytgan oʻzgarishlaringizni dizayn bosqichida qilib beramiz, kodga va keyingi 20%ga faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin oʻtamiz.
Kichikdan boshlasa boʻladimi?
Ha. Birinchi versiyaga faqat eng kerakli vazifani olamiz: bunday oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Qolganini natijaga qarab qoʻshamiz.
Menga texnik topshiriq (TZ) kerakmi?
Yoʻq. Gʻoyangizni oʻz soʻzlaringiz bilan aytsangiz yetarli. Funksiyalar roʻyxatini birinchi bosqichda birga tuzamiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.