Toshkentda sayt yaratish: internet-doʻkon, onlayn yozilish va web platforma
Launching Apps Toshkentda Biznes uchun sayt yaratadi: korporativ sayt, internet-doʻkon, onlayn yozilish va shaxsiy kabinetli web platforma. Sayt buyurtma va zayavkalarni kechasi ham qabul qiladi va darhol CRM yoki Telegramʼga yuboradi. Odatda loyiha 6–8 hafta davom etadi.
Biz qurganDicta
- Muddat
- 6–8hafta
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Kimga kerak
- Tovaringiz koʻp, lekin uni onlayn sotadigan joyingiz yoʻq
- Klientlar yozilish uchun qoʻngʻiroq qiladi, hammasiga javob berib ulgurmaysiz
- Yangi klient sizni Google yoki Yandexʼdan qidiradi, lekin topmaydi
- Saytingiz bor, lekin undan zayavka kelmayapti
Nima oʻzgaradi
- Klient kechasi ham zakaz beradi yoki yoziladi, ertalab hammasi tizimda turadi.
- Yozilish uchun qoʻngʻiroq shart emas: klient boʻsh vaqtni oʻzi tanlaydi.
- Saytdan kelgan zayavka darhol CRMʼga tushadi, hech kim daftarga yozib oʻtirmaydi.
- Matn, narx va tovarlarni oʻzingiz oʻzgartirasiz, har safar bizga yozmaysiz.
Nimalar kiradi
Sahifalar va matn
Qaysi sahifalar kerakligini va klient zayavkagacha qanday yetib kelishini oldindan rejalashtiramiz.
Dizayn
Klientlaringiz koʻproq telefondan kiradi, shuning uchun avval telefon versiyasini chizamiz. Kod yozilishidan oldin koʻrasiz va tasdiqlaysiz.
Internet-doʻkon
Katalog, savat, Payme, Click va Uzum orqali toʻlov, zakaz holati va yetkazib berish.
Yozilish va kabinet
Onlayn yozilish, shaxsiy kabinet, OneID orqali kirish va Telegramʼga xabarlar.
Admin panel
Zakaz, zayavka, tovar va matnlar bitta panelda, har bir xodimga alohida kirish.
Tezlik va qidiruv
Sayt telefonda tez ochiladi, Google va Yandex uni toʻgʻri oʻqiydi. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Muddat
6–8 hafta
Odatda 6–8 hafta. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- Uzum orqali toʻlov
- Humo va Uzcard kartalari
- OneID orqali kirish
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Yandex Maps
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Sayt yaratish qancha vaqt oladi?
Odatda 6–8 hafta. Muddat sahifalar soni, toʻlov va integratsiyalarga bogʻliq.
Saytni keyin oʻzim oʻzgartira olamanmi?
Ha. Matn, rasm, tovar va narxlarni admin paneldan oʻzingiz oʻzgartirasiz.
Sayt telefonda yaxshi ishlaydimi?
Ha. Avval telefon versiyasini chizamiz, keyin kompyuterga moslaymiz.
Sayt va Appni birga qilsa boʻladimi?
Ha. Ikkalasi bitta tizimda ishlaydi: zakaz, klient va narxlar bir joyda turadi.
Eski saytimni yangilab berasizlarmi?
Ha. Avval nega zayavka kelmayotganini topamiz, keyin tuzatamiz yoki qaytadan quramiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.










