Toshkentda mobil ilova yaratish: oddiy Appdan marketpleysgacha
Launching Apps Toshkentda iOS va Android uchun mobil ilova yaratadi: kafe yoki doʻkon Appidan tortib marketpleys, taksi, yetkazib berish va logistika platformalarigacha. Odatda loyiha 6–8 hafta davom etadi, oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi, katta platforma esa bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Kod va huquqlar sizga oʻtadi.
Biz qurganAvino
- Muddat
- 6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Kimga kerak
- Zakazlar qoʻngʻiroq va chat orqali keladi, hammasiga ulgurmayapsiz
- Agregator har zakazdan ulush oladi, klient esa baribir sizniki emas
- Doimiy klientlaringiz bor, lekin ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqangiz yoʻq
- Gʻoyangiz bor, uni App Store va Google Playʼda koʻrmoqchisiz
- Marketpleys, taksi, yetkazib berish yoki logistika xizmatini ochmoqchisiz
Nima oʻzgaradi
- Klient zakazni oʻzi beradi va oʻzi toʻlaydi, operator telefonga bogʻlanib qolmaydi.
- Bonus va push-xabar klientni qaytarib olib keladi.
- Zakaz, toʻlov va klient bazasi admin panelda, telefoningizdan koʻrinadi.
- Narx, katalog va aksiyani oʻzingiz oʻzgartirasiz, har safar bizga yozmaysiz.
Nimalar kiradi
Birinchi versiya
Biznesingiz qanday ishlashini koʻramiz va eng tez foyda beradigan funksiyalarni birga tanlaymiz.
UI/UX dizayn
Har bir ekranni chizamiz. Kod yozilishidan oldin hammasini koʻrasiz va tasdiqlaysiz.
iOS va Android
Klient qaysi telefonda boʻlmasin, Appingiz ishlaydi: iPhone ham, Android ham.
Admin panel
Har bir xodimga alohida kirish: operator zakazlarni, buxgalter toʻlovlarni koʻradi, siz esa hammasini.
Bir nechta App, bitta tizim
Katta platformada har kimning oʻz Appi boʻladi: klient, haydovchi yoki kuryer, sotuvchi. Hammasi bitta server va admin panelga ulanadi.
Toʻlov va integratsiyalar
Appni Payme, Click, Uzum, Humo, Uzcard, OneID, Yandex Maps va Telegramʼga ulaymiz.
Push va analitika
Klient zakaz holatini push-xabarda koʻradi, siz esa qaysi ekran va aksiya ishlayotganini koʻrasiz.
App Store va Google Play
Store sahifasini tayyorlaymiz, Appni Apple va Google tekshiruviga topshiramiz.
Launchʼdan keyin
Support va yangilanishlar: Appingiz iOS va Androidning yangi versiyalarida ham ishlab turadi.
Muddat
6–8 haftaOddiy App15–30 kun
Odatda 6–8 hafta, bitta asosiy vazifani bajaradigan oddiy App esa 15–30 kun. Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish kabi katta platformani bosqichma-bosqich ishga tushiramiz. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- Uzum orqali toʻlov
- Humo va Uzcard kartalari
- OneID orqali kirish
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Yandex Maps
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Mobil ilova yaratish qancha vaqt oladi?
Odatda 6–8 hafta. Oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi: avval bitta asosiy vazifa, qolganini keyin qoʻshamiz.
Marketpleys, taksi yoki yetkazib berish kabi katta platformani ham qurasizlarmi?
Ha. Unda klient, haydovchi yoki kuryer va sotuvchi uchun alohida App, umumiy server va admin panel boʻladi, toʻlov va xarita ham ulanadi. Avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin natijaga qarab kengaytiramiz. Muddatini loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
iOS va Android uchun ikkita alohida App kerakmi?
Yoʻq. Odatda ikkala platformani bitta loyihada quramiz: klient App Store yoki Google Playʼdan bir xil Appni yuklab oladi.
Appga Payme va Click ulasa boʻladimi?
Ha. Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcard orqali toʻlovni ulaymiz. Toʻlov tizimi bilan shartnomani oʻzingiz tuzasiz, qaysi hujjatlar kerakligini aytib beramiz.
Hammasini oldindan toʻlash kerakmi?
Yoʻq. Boshida 10%, dizayn tasdiqlanganda 20%, ishlaydigan versiyani koʻrganda 30% va topshirilganda 40%.
Kod va huquqlar kimda qoladi?
Sizda. Kod va huquqlar loyiha topshirilganda sizga oʻtadi.
Launchʼdan keyin ham qolasizlarmi?
Ha, jamoangiz boʻlib qolamiz. Support va yangi funksiyalar shartlarini loyiha boshida kelishib olamiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.










