Restoran uchun ilova yaratish: buyurtma, toʻlov va kuryer bitta Appda
Launching Apps restoran uchun ilova va yetkazib berish ilovasini quradi: klient menyudan tanlaydi, buyurtma beradi, Payme yoki Click bilan toʻlaydi va kuryerni xaritada koʻradi. Buyurtma darhol oshxona va kuryerga tushadi, klient bazasi esa restoranda qoladi. Odatda 6–8 hafta, menyu va buyurtmadan iborat oddiy App 15–30 kun.
Hozir quryapmizIKSN Dastyor
- Muddat
- 6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Endi birorta zakaz yoʻqolmaydi
Bayram kuni telefon tinmaydi, zakazlar yozilmay qoladi
Klient zakazni Appda oʻzi beradi, zakaz darhol oshxonaga tushadi. Operator har birini qoʻlda yozib oʻtirmaydi.
Agregator har zakazdan ulushini oladi, klient ham uniki boʻlib qoladi
Oʻz Appingizda doimiy klient toʻgʻridan-toʻgʻri sizdan zakaz qiladi. Raqami va zakazlar tarixi bazangizda qoladi.
Klient kuryerni soʻrab qayta-qayta qoʻngʻiroq qiladi
Kuryer xaritada koʻrinadi, zakaz holati push-xabarda keladi. Operatordan soʻrashning hojati qolmaydi.
Bir marta zakaz qildi-yu, yoʻqoldi
Bonus, promokod va push-xabar uni qaytarib olib keladi. Kimga nima yuborishni admin panelda oʻzingiz tanlaysiz.
Odatiy funksiyalar
- Menyu va kategoriyalar
- Savat va tez zakaz
- Payme, Click va Uzum bilan toʻlov
- Kuryer xaritada
- Zakaz holati push-xabarda
- Bonus va promokodlar
- Admin panel: zakaz, menyu, narx
- Kuryer uchun alohida App
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Muddat
6–8 haftaOddiy App15–30 kun
Odatda 6–8 hafta. Faqat menyu va zakazdan iborat oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- Uzum orqali toʻlov
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Yandex Maps
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Bu yoʻnalishdagi ishlarimizni suhbatda, klient ruxsati bilan koʻrsatamiz. Barcha ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Restoran uchun ilova qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Odatda 6–8 haftada. Menyu va zakazdan iborat oddiy App 15–30 kunda chiqadi.
Payme va Click orqali toʻlovni ulaysizlarmi?
Ha. Payme, Click, Uzum, Humo va Uzcardni ulaymiz. Toʻlov tizimi bilan shartnomani oʻzingiz tuzasiz, qaysi hujjatlar kerakligini aytib beramiz.
Zakazlarni kassa yoki hisob tizimiga ulasa boʻladimi?
Ha, agar kassa yoki hisob tizimingizga ulanish imkoni boʻlsa. Unda zakaz oʻzi tushadi, hech kim uni qoʻlda koʻchirmaydi.
Kuryerlar uchun alohida App kerakmi?
Ha, odatda kerak. Kuryer zakazni qabul qiladi, manzilni xaritada koʻradi va holatni yangilaydi. Klient buni oʻz telefonida koʻrib turadi.
Agregatordan chiqib ketishim kerakmi?
Yoʻq. Agregator yangi klient olib kelaversin, doimiy klient esa oʻz Appingizdan zakaz qiladi.
Koʻp restoran va doʻkondan yetkazib beradigan oʻz xizmatimni ochmoqchiman. Qurib berasizlarmi?
Ha. Klient, kuryer va hamkor restoran yoki doʻkon uchun alohida App, umumiy server va admin panel boʻladi, toʻlov va xarita ham ulanadi. Avval ishlaydigan birinchi versiyani chiqaramiz, keyin kengaytiramiz. Muddatini loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.


