Koʻchmas mulk ilovasi yaratish: katalog, zayavka va sotuv bitta tizimda
Launching Apps koʻchmas mulk ilovasi va saytini quradi: klient kvartira yoki uyni xaritadan topadi, narx va planirovkani koʻradi, koʻrishga vaqt belgilaydi. Har bir zayavka CRMʼga tushadi, agent uni birinchi qoʻngʻiroqdan bitimgacha olib boradi. Odatda 6–8 hafta, katalog va zayavkadan iborat oddiy App 15–30 kun.
Biz qurganAvino
- Muddat
- 6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Har bir zayavka koʻz oldingizda
Saytdan zayavka keldi, agent koʻrmadi, klient boshqaga ketdi
Sayt, App va Telegramʼdan kelgan har bir zayavka CRMʼga tushadi va agentga biriktiriladi. Kim qachon javob bergani koʻrinib turadi.
Eʼlonlar turli saytlarda sochilib yotibdi
Hamma uy va kvartira rasm, narx va planirovka bilan bitta App va saytda turadi.
Klient qaysi kvartira boʻshligini soʻrab qoʻngʻiroq qiladi
Quruvchi kompaniya uchun boʻsh, band va sotilgan kvartiralar jadvali Appda darrov yangilanadi.
Ijarani kim toʻlagani koʻrinmaydi
Ijarachiga toʻlov eslatmasi boradi, kim toʻlagani admin panelda koʻrinadi.
Odatiy funksiyalar
- Uy va kvartiralar katalogi
- Xaritada qidiruv (Yandex Maps)
- Rasm, video va planirovka
- Koʻrishga vaqt belgilash
- Boʻsh kvartiralar jadvali
- Zayavkalar CRMʼga
- Sevimlilar va push-xabarlar
- Ijara toʻlovi eslatmalari
- Admin panel
Muddat
6–8 haftaOddiy App15–30 kun
Odatda 6–8 hafta. Faqat katalog va zayavkadan iborat oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Yandex Maps
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Quruvchi kompaniya boʻsh kvartiralarni koʻrsata oladimi?
Ha. Har bir uy va qavat boʻyicha boʻsh, band va sotilgan kvartiralar Appda va saytda koʻrinadi.
Zayavkalar qayerga tushadi?
CRMʼga. Har bir zayavka agentga biriktiriladi va bitimgacha koʻrinib turadi.
Ijara uchun ham mos keladimi?
Ha. Ijara uchun katalog, koʻrishga vaqt belgilash va oylik toʻlov eslatmalari qoʻshiladi.
Koʻchmas mulk ilovasi qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Odatda 6–8 haftada. Katalog va zayavkadan iborat oddiy App 15–30 kunda chiqadi.
Agent ketsa, klientlar kompaniyada qoladimi?
Ha. Zayavkalar, qoʻngʻiroqlar tarixi va kelishuvlar CRMʼda turadi, agentning telefonida emas.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.






