Salon va barbershop ilovasi yaratish: yozilish, eslatma va bonus
Launching Apps salon va barbershop ilovasini quradi: klient ustani va boʻsh vaqtni oʻzi tanlaydi, eslatma va bonus oladi. Ustalar jadvali, klient bazasi va toʻlovlar bitta CRMʼda turadi, Telegram orqali yozilish ham ulanadi. Odatda 6–8 hafta, faqat onlayn yozilish uchun oddiy App 15–30 kun.
Biz qurganChop X Chop
- Muddat
- 6–8haftaOddiy App: 15–30 kun
- Toʻlov bosqichma-bosqich
- Kod va huquqlar
- Sizda
Endi birorta yozilish yoʻqolmaydi
Usta ishlayapti, telefon jiringlayapti, yozilish chatda qolib ketyapti
Klient ustaning boʻsh vaqtini Appda koʻrib, oʻzi yoziladi. Ikki klient bir vaqtga tushib qolmaydi.
Klient yozildi-yu, kelmadi
Tashrifdan oldin eslatma boradi, klient tasdiqlaydi yoki boshqa vaqtga oʻtkazadi. Xohlasangiz, oldindan toʻlov ham olasiz.
Qaysi usta boʻsh, qaysi biri band, bilib boʻlmaydi
Har bir ustaning jadvali admin panelda bitta ekranda koʻrinadi.
Usta ketdi, klientlar ham u bilan ketdi
Klient bazasi va tashriflar tarixi CRMʼda turadi, ustaning telefonida emas. Bonus va eslatma klientni salonga chaqiradi.
Odatiy funksiyalar
- Usta va xizmatni tanlash
- Boʻsh vaqtga onlayn yozilish
- Eslatma va push-xabarlar
- Ustalar ishlari galereyasi
- Bonus dasturi
- Payme va Click bilan oldindan toʻlov
- Telegram orqali yozilish
- Admin panel va ustalar jadvali
- Klient bazasi (CRM)
Muddat
6–8 haftaOddiy App15–30 kun
Odatda 6–8 hafta. Faqat onlayn yozilish va eslatmalar uchun oddiy App 15–30 kunda tayyor boʻladi. Aniq muddatni loyihani koʻrib chiqqandan keyin aytamiz.
Toʻlov bosqichma-bosqich
- 10%Ish boshlanadi
- 20%Dizaynni koʻrsatganimizda
- 30%Ishlaydigan versiyani koʻrsatganimizda
- 40%Loyiha topshirilganda
Klientlaringiz oʻrganib qolgan xizmatlar
- Payme orqali toʻlov
- Click orqali toʻlov
- Telegram: bot, Mini App, xabarlar
- Oʻzbek, rus va ingliz tilida interfeys
Shu yoʻnalishdagi ishlar
-
Qozogʻistonda onlayn yozilish: klient va Biznes uchun ikki App
iOS va Android uchun ikki App qurdik. Klient Appida yaqin atrofdagi salon va ustalarni qidirish, kategoriyalar, narxi bilan xizmatlar, usta, sana va vaqtni tanlab yozilish, fikrlar va eslatmalar bor. Biznes Appi usta va administratorlar uchun: jadval va yozuvlarni qabul qilish, tashriflar tarixi bilan klientlar bazasi, xizmatlar va narxlar, daromad statistikasi va PDF hisobot, jamoa va toʻlov usullari.
Bular ham kerak boʻlishi mumkin
Savollar va javoblar
Bir nechta filial va usta uchun ishlaydimi?
Ha. Har bir filial va ustaning jadvali, xizmat va narxlari bitta admin panelda turadi.
Oldindan toʻlov olsa boʻladimi?
Ha. Klient yozilayotganda Payme yoki Click bilan oldindan toʻlaydi. Qaysi xizmatlarga oldindan toʻlov olishni oʻzingiz belgilaysiz.
Telegram orqali ham yozilsa boʻladimi?
Ha. Telegram bot va App bitta jadvalga ulanadi, yozilish qayerdan kelsa ham bir joyda koʻrinadi.
Salon uchun ilova qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Odatda 6–8 haftada. Faqat onlayn yozilish uchun oddiy App 15–30 kunda chiqadi.
Usta ketsa, klient bazasi salonda qoladimi?
Ha. Klientlar va tashriflar tarixi CRMʼda turadi, ustaning telefonida emas.
Yangilangan:
Nimadan boshlaymiz?
3 ta savolga javob bering, keyin jamoamiz siz bilan bogʻlanadi. Narx va muddatga kelishmagunimizcha bir soʻm ham toʻlamaysiz.





